SITE LOGO
newportal.moy.su
4-ku'n, 09.05.2024,   11:21   Приветствую Вас, Гость | RSS
Главная » 2014 » Apr » 23 » Kompyuter Viruslarining turlari haqida bilasizmi?
15:22
Kompyuter Viruslarining turlari haqida bilasizmi?

Kompyuteringizda antivirus tomonidan ushlangan viruslarning qaysi turga kirishini bilish sizga nima beradi?
1. Sizga bu virusga qarshi qanday samarali kurashishda yordam berish mumkin.
2. Bu viruslarning qanday zarar yetkazishi mumkinligini bilib olasiz, keyinchalik bunday viruslardan ogoh bo’lasiz.
3. Bu ma’lumotlar sizning kompyuter savodxonligingizni oshishiga yordam beradi degan umiddaman.

Quyidagi umumiy tavsifda ularning eng asosiy turlari keltirilgan:
– Qadimgi yunonlarning Troyaga yurishlari davrida qo’llagan hiylasi, ya’ni troyaliklarni otga ishqiboz ekanligidan foydalanib, ularga katta yog’och ot sovg’a qilishlari va bu otning troyaliklar mag’lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda troya oti iborasi “hosiyatsiz sovg`a” degan ma’noni bildiradi. Kompyuter va internet dunyosida troyanlar “hosiyatsiz dastur” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Troyanlar odatda internet orqali tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o’rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida o’zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga noma’lumligicha qoladi. Yashirin ravishda ular o’zlarining yaratuvchisi (“yovuz”) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga oshiradilar. Troyanlar o’z-o’zidan ko’paymaydi, lekin kompyuteringiz xavfsizligini ishdan chiqaradi: troyanlar kerakli ma’lumotlaringizni o’chirib yuborishi, kompyuterdagi ma’lumotlarni kerakli manzilga jo’natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi mumkin.
– Chuvalchang viruslar o’z nomiga mos ravishda juda tez o’z-o’zidan ko’payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yoli intranet tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan foydalanadi. Ular haqiqatan ham kompyuteringizdagi ma’lumotlar va kompyuter xavfsizligiga katta ziyon yetkazadi. Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo’li bilan kompyuteringizga o’rnashib olishi mumkin. Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi (загрузка) uchun foydalaniladigan qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyuteringizni zararlaganidan keyin kompyuter ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi.
– Macro viruslar bu – o’zlarining tarqalishi uchun boshqa bir programmaning makro dasturlash tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel xujjatlarini zararlaydi. Bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida (RAM) yashaydi va zararli harakatini amalga oshiradi. Odatda ularni ishga tushirish uchun boshqa virusdan foydalaniladi. Ular o’zlarining ishga tushishga yordam bergan virus yopilgan bo’lsa ham kompyuter xotirasida qoladi, shuning uchun ham ularga yuqoridagi nom berilgan.
– Rootkitlar viruslar orasida o’zlarining eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkitlar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan qo’lga olinishi uchun foydalaniladi. Ba’zi rootkitlarni antivirus programmalari ham aniqlay olmaydi, chunki ular o’zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko’rsatishadi. Rootkitlar odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga o’rnatiladi. Bu viruslar nafaqat o’z-o’zidan ko’payadi, balki ko’paygan paytda o’zlarining kodlarini ham o’zgartirib turishadi. O’zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba’zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin. Ushbu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida(1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o’chirib tashlab sizga “sovg’a” taqdim etishi mumkin.
Antivirus dasturlarni tanlash
Antivirus dasturiy ta’minot ikkita usulda ishlatiladi: fayllarda virus signaturalarining (dasturiy kodning bloklarini) mavjudligini lekshirish, kompyuterda viruslarning harakatini maxsus algoritmlar yordamida aniqlash. Har qanday holatda ham antivirus dasturini, kompyuterning shubhali faoliyatini va avtomatik blokirovka qilishini sozlash kerak. Hech narsa yo’qligidan ko’ra, har qanday antivirus dastur bo’lgani yaxshidir. Eng yaxshi va keng tarqalgan antivirus dasturlar quyida keltirilgan:
Norton Antivirus. Bu dastur alohida va Norton SystemWorks yoki Norton Internet Security to’plamidagi utilit qismi ko’rini-shida ham tarqaladi. Dastur ma’lumotlar bazasini avtomatik tarzda yangilash va shu bilan birga viruslarni aniqlashini, shuningdek, elektron pochtadagi kirish va chiqisfi ma’lumotlarini tekshirishini qo’llab-quvvatlaydi. www.symantec.com. Web-saytida aniq ma’lumotlarni topishingiz mumkin.
McAfee VirisScan. Bu yetarlicha funksional dasturga brandmauzer ham kiradi. www.mcafeeathome.com/products/virusscan Web-saytida aniq ma’lumotlarni topishingiz mumkin.
PC-cillin 2004. Yana bitta munosib raqib. Bunda ish tezligi va xotiraga talablar qo’yiladi. www.antivirus.com/pc~cillin/products Web-saytida aniq ma’lumotlarni topishingiz mumkin.
Antivirus dasturiy vositani Internet yoki kompyuter do’konidan xarid qilishingiz mumkin. Ma’lum bir viruslardan ma’lumotlar bazasini va antivirus dasturlarni avtomatik tarzda yangilang. Internetdan har xil antivirus dasturlar to’g'risidagi taqrizlar bilan tanishing. Agarda siz ko’p vaqtingizni tekin dasturlarni ko’chirib, internetda o’tkazsangiz, sizga antivirus dasturlarni yangilab turish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, siz antiviruslarni yangilash hamda ma’lum viruslar bazalarini olish uchun tarqatish tizimiga a’zo bo’lishingiz mumkin.
Shukur Qahramonovning “Kompyuter muammolari va ularning yechimlari” kitobidan…

AUTOSURF- максимальная раскрутка сайтов!

WMmail.ru - сервис почтовых рассылок

Категория: Maxalalar | Просмотров: 1644 | Добавил: Taker14 | Теги: Kompyuter Viruslarining turlari haq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
omForm">
avatar