SITE LOGO
newportal.moy.su
4-ku'n, 09.05.2024,   19:47   Приветствую Вас, Гость | RSS
Главная » 2014 » Apr » 23 » HTML xaqida….
14:04
HTML xaqida….

HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo’shimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo’shildi.

Imkoniyatlari

HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:
Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, ro’yxat va hokazo).
Gipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay bo’lib o’zaro bog’langan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift ko’rsatkichlarini belgilash.
Maxsus belgilar qo’yish. ASCII kodirovkasida ko’rsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qo’yish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar.

Kelajagi

HTMLning yangi versiyalari chiqmaydi.(? Nega chiqmas ekan, HTML5 hamma yerda shov-shuvga sabab bo’lib turibdiku?) Uni XHTML (ing. Extensible HTML – kengaytirilgan HTML) almashtirishi lozim. Xozirda XHTML faqatgina HTML standartining sintaksisiga qatiyan rioya qilinishini talab qiladi xolos (masalan teglar albatta kichik xarflar bilan ko’rsatilishi, teg atributlari albatta qo’shtirniqqa olinishi, teglarni yopiq bo’lishi va xokazo) va boshqa imkoniyatlari bilan farqlanmaydi.
Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
Multimedia fayllarini ochish.
Boshqa imkoniyatlar

Versiyalari

RFC 1866 – HTML 2.0 standarti (22 sentyabr 1995).
HTML 3.2 – 14 yanvar 1996
HTML 4.01 – 24 dekabr 1999
ISO/IEC 15445:2000 – 15 may 2000

HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas. HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud bo’lganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. 1995 yil Xalqaro O’rgimjak To’ri Konsortsiumi tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda ko’p yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini o’rash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brouserlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan bo’lib, darxol 3.2 versiyaga o’tildi. Unda 3.1 versiyadagi ba’zi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida aloxida ko’rsatildi. HMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (m.

Категория: Bag'darlamalastiriw | Просмотров: 1440 | Добавил: Taker14 | Теги: html haqida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
omForm">
avatar